locale OZ

«Bayer» «MYU»ning sobiq himoyachisiga shartnoma taklif qiladi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Bayer» «MYU»ning sobiq himoyachisiga shartnoma taklif qiladi
Photo: Getty Images

"Manchester Yunayted"ning sobiq himoyachisi Viktor Lindelöf "Bayer"ning diqqat markaziga tushdi. Bu haqda insayder va jurnalist Fabrizio Romano xabar berdi.

Manbaga ko'ra, leverkuzenliklar 31 yoshli shved futbolchisiga bir yillik shartnoma taklif qilmoqchi. Bundan tashqari, tomonlar vaziyatga qarab, kelishuv muddatini yana bir yilga uzaytirishlari mumkin.

Qayd etilishicha, futbolchining o'zi esa uzoqroq muddatli shartnoma tuzishni istamoqda.

Shuningdek, unga "Osasuna" klubi tomonidan ham jiddiy qiziqish bildirilyapti. La Liga jamoasi Lindelöfga shartnoma taklif qilishga tayyor.

Lindelöf o'tgan mavsumda barcha musobaqalarda 25 ta o'yinda maydonga tushdi, biroq samarali harakat qayd eta olmadi.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting