«Bayer» Mottani bosh murabbiyiga aylanishi mumkin
ФОТО: Getty images
Leverkuzenning “Bayer” klubi Tiago Mottani murabbiy sifatida taklif qilmoqchi. Bu haqda Tuttosport xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, nemis klubi vositachilar orqali “Yuventus”ning sobiq bosh murabbiyi bilan bog‘langan. Hozirda muzokaralar davom etmoqda.
Agar 43 yoshli mutaxassis “Bayer”ni boshqarishga rozi bo‘lsa, “Yuventus” taxminan 15 million yevro tejab qoladi. Bu summa Mottaning 2027 yilgacha mo‘ljallangan shartnomasidan kelib chiqqan holda belgilangan.
Tiago ham Bundesligada ishlashga qiziqish bildirganicha yo‘q. U ko‘proq hordiq chiqarishni rejalashtirgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist