locale OZ

\"Bayer\" Jakani sotishga tayyor. Futbolchining narxi ma'lum

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Bayer" Jakani sotishga tayyor. Futbolchining narxi ma'lum
Photo: Getty Images

"Bayer" klubi yarim himoyachisi Granit Jaka Italiya chempionatiga yo'l olishi mumkin. Bu haqda Janluka Di Marzio xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, "dorishunoslar" 32 yoshli shveytsariyalik yarim himoyachiga 10 million yevro narx belgiladi. Unga "Milan" jamoasi tomonidan jiddiy qiziqish bildirilyapti.

Jaka Germaniya Bundesligasining o'tgan mavsumida 33 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Yarim himoyachining "Bayer" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil iyun oyining oxirigacha davom etadi. Granitning transfer qiymati 12 million yevroga baholanmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting