«Bayer» Iraola bilan muzokara o‘tkazdi – Kicker
«Bornmut» bosh murabbiyi Andoni Iraola kecha Italiya matbuoti xabar qilganidek, «Milan»ga emas, «Kristal Pelas»ga o‘tishga qaror qilgandi, biroq u o‘z fikridan qaytib, Germaniyaning «Bayer» klubi bilan muzokaralar o‘tkazdi, deya xabar bermoqda Kicker.
Manbaning tasdiqlashicha, hali aniq kelishuv bo‘lmasa-da, ispan mutaxassisi bilan muzokaralar yakuniy bosqichda. Leverkuzenliklar 43 yoshli mutaxassis uchun kurashda «Milan» va «Kristal Pelas»dan o‘zib ketishi mumkin.
Avvalroq Iraola «Milan» rahbariyati uchun ustuvor nomzod ekani, biroq transfer amalga oshmay qolgani haqida xabar berilgandi. Iraola «Kristal Pelas»ni boshqarishga qaror qilgan va bu haqda payshanba kuniyoq e’lon qilinishi kerak edi, biroq mutaxassis fikridan qaytdi.
Joriy mavsum yakunlangach, Iraola 2023 yil yozidan beri boshqarib kelayotgan «Bornmut»ni tark etadi.