locale OZ

«Bayer» himoyachisi Yevropaning top-klublari eʼtiboriga tushdi

Leverkuzenliklar esa oʻz yetakchisini sotishga shoshilmayapti.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Bayer» himoyachisi Yevropaning top-klublari eʼtiboriga tushdi
FOTO: Getty Images

Germaniyaning «Bayer» jamoasi markaziy himoyachisi Edmond Tapsoba Yevropaning bir qator nufuzli klublari e’tibor markaziga tushdi. Jurnalist Ekrem Konurning ma’lumotiga ko‘ra, 27 yoshli futbolchining harakatlarini «PSJ», «Manchester Yunayted» va «Liverpul» klublari yaqindan kuzatib bormoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, Leverkuzen klubi o‘z yetakchisini sotishga shoshilayotgani yo‘q. Biroq «farmatsevtlar» manfaatli taklif tushgan taqdirda futbolchi bilan xayrlashishga tayyor.

Xabarlarga ko‘ra, «Bayer» Tapsobaning transferini 50–60 million yevro atrofida baholamoqda.

Ma’lumot uchun, Burkina-Faso terma jamoasi a’zosining Leverkuzen klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsumda himoyachi barcha turnirlarda jami 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 4 ta gol va 2 ta samarali uzatma yozdirib qo‘ydi. Transfermarkt portali ayni damda futbolchining bozor qiymatini 35 million yevroga baholamoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting