locale OZ

«Bayer» Glasner bilan muzokaraga kirishdi

Bu haqda jurnalist Nikolo Skira X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Bayer" Glasner bilan muzokaraga kirishdi
ФОТО: Getty images

Germaniyaning "Bayer" klubi avstriyalik mutaxassis Oliver Glasnerni bosh murabbiylik lavozimiga taklif qilishga qiziqmoqda. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

"Bayer" murabbiylik ishi bo‘yicha Oliver Glasnerga murojaat qildi», — deb yozadi Skira.

Avvalroq 51 yoshli Glasner mavsum yakunida Angliyaning "Kristal Pelas" klubini tark etishi ma’lum bo‘lgandi. U klub bilan Angliya Kubogi (2024/2025), mamlakat Superkubogi (2025) va Konferensiyalar Ligasini (2025/2026) qo‘lga kiritgan.

"Bayer" 2025/2026 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra Germaniya chempionati turnir jadvalida oltinchi o‘rinni egalladi. Jamoa 34 ta o‘yinda 59 ochko to‘plab, Yevropa Ligasida ishtirok etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting