«Bayer» bosh murabbiyi myunxenlik «Bavariya»ni quvib yetib olish imkoniyatini baholadi
Germaniyaning «Bayer» klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso jamoasining Bundesligada chempionlik uchun kurashdagi imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.
Germaniya Ligasi matbuot xizmati ispaniyalik murabbiyning quyidagi so'zlarini keltiradi:
«Agar matematik nuqtai nazardan qaraydigan bo'lsak, kurash hali tugamadi. Ammo joriy mavsumda juda ko'p duranglar qayd etdik, bu esa bizga «Bavariya» bilan bir xil darajada turishga halal berayapti. Sakkiz ochkolik farq — bu juda katta».
30 tur natijalariga ko'ra, «Bayer» ikkinchi o'rinni egallab turibdi va peshqadam myunxenlik «Bavariya»dan sakkiz ochkoga orqada. Germaniya chempionatining navbatdagi uchrashuvida «Bayer» o'z maydonida «Augsburg»ni qabul qiladi. Ushbu o'yin shanba kuni, 26 aprel sanasida bo'lib o'tadi.