locale OZ

«Bayer» bosh murabbiyi: «City»ga qarshi bahsda jasorat ko'rsatdik»

Leverkuzen klubi Manchesterda 2:0 hisobida g'alabaga erishdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Bayer» bosh murabbiyi: «City»ga qarshi bahsda jasorat ko'rsatdik»
ФОТО: Getty images

Leverkuzenning "Bayer" klubi bosh murabbiyi Kasper Hyulmann Chempionlar ligasining 2025/2026 yilgi mavsumi umumiy bosqichi 5-turidan o‘rin olgan "Manchester City" ustidan qozonilgan g‘alaba (2:0) haqida gapirdi.

"Juda va juda xursandman. Albatta, jamoa bilan faxrlanaman. Biz o‘zimiz xohlagandek o‘ynadik. Kerak bo‘lganda jasorat ko‘rsatdik. Kerak bo‘lganda sovuqqonlikni saqladik. Albatta, biroz omad va yaxshi darvozabon muhim edi", – deya Hyulmanning so‘zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.

Ushbu uchrashuvda g‘alaba qozongan Leverkuzen klubi 8 ochko bilan Chempionlar ligasi umumiy jadvalida 13-o‘rinda, “Manchester City” esa 10 ochko bilan oltinchi o‘rinda bormoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting