«Bayer» Blasvichning transferini e'lon qildi
Photo: Getty Images
"Bayer" klubi "RB Leyptsig" darvozaboni Yanis Blasvichni o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, "dorishunoslar" 34 yoshli darvozabon bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Transfer summasi 2 million yevroni tashkil etdi.
Qayd etilishicha, Blasvich uch mavsum davomida "buqalar" tarkibida bo‘lgan.
Posbon o‘tgan mavsumda Avstriyaning "RB Zaltsburg" jamoasida ijaraga asosida to‘p tepgan edi.
Eslatib o‘tamiz, "Bayer" klubini yangi mavsumda Erik ten Hag boshqaradi.
Bahrom Bobonov
Redaktor