\"Bayer\" AQShlik yarimhimoyachi bilan shartnoma imzoladi
Photo: Getty Images
"Bayer" AQSh terma jamoasi yarim himoyachisini o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
Germaniya klubi 23 yoshli Malik Tillman bilan shartnoma imzoladi. Futbolchi “dorishunoslar” bilan bitimi 2030 yil yozigacha mo‘ljallangan. Nemis klubi havbek uchun PSVga 35 mln yevro tovon puli to‘ladi.
Tillman Niderlandiya chempionatining o‘tgan mavsumida 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning hisobida AQSh terma jamoasi safida 22 ta o‘yin bor.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist