\"Bayer\" Antoniyga qiziqmoqda
Ten Hag uni Bundesligaga taklif qilmoqda
Photo: Getty Images
"Bayer" bosh murabbiyi Erik ten Hag yozgi transfer oynasida sobiq shogirdlarini taklif qilmoqchi.
Bild xabariga ko'ra, u "Betis"da ijarada o'ynayotgan Antonioni Bundesligaga olib kelmoqchi. Ular ilgari "MYu" va "Ayaks" klublarida birga ishlashgan.
Shuningdek, niderlandiyalik mutaxassis Alejandro Garnacho va "Lion" a'zosi Rayyan Sherkiga ham qiziqmoqda.
Biroq murabbiyning asosiy maqsadi aynan Antonio bo'lib turibdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist