locale OZ

Baxtiyor Qosimov Iroq klubiga ko‘chib o‘tdi

O‘zbek yarim himoyachisi “Amant Bog‘dod” bilan shartnoma imzoladi va 77-raqamda to‘p surishni boshlaydi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Telegram

O‘zbekiston futbolchisi Baxtiyor Qosimov Iroqning “Amant Bog‘dod” klubi bilan shartnoma imzolab, yangi safarga yo‘l oldi. Avval “Qo‘qon-1912” sharafini himoya qilgan yarim himoyachi endi Iroq premyer-ligasida maydonga tushadi.

Klub rasmiy bayonotiga ko‘ra, kelishuv 2025 yil 30 iyuldan kuchga kirgan va 2026 yil iyunigacha amal qiladi. Qosimov yangi jamoasida 77-raqam ostida o‘ynaydi.

Bu transfer tarixiy ahamiyatga ega, chunki Qosimov Iroq premyer-ligasida professional tarzda to‘p surgan birinchi o‘zbek futbolchisi sifatida qayd etilmoqda. Klub rahbariyati bu qadam O‘zbekiston bozori bilan hamkorlikni kengaytirish va legionerlar bazasini oshirishga xizmat qilishini ta’kidladi.

Baxtiyor Qosimov “Surxon”, “OKMK”, “Qizilqum”, “Andijon” va “Qo‘qon-1912” klublari safida o‘ynab, o‘z o‘yin uslubi bilan tanilgan. Shuningdek, u Yaqin Sharqdagi “Al-Xor” klubida ham to‘p surib, xalqaro tajriba orttirgan.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting