locale OZ

Baxtiyor Ashurmatov: Gulistonga katta futbol qaytgani bilan tabriklayman

Sonyc X bosh murabbiyi O'zbekiston kubogi doirasidagi Gulistonga qarshi bahsdan keyin fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Baxtiyor Ashurmatov: Gulistonga katta futbol qaytgani bilan tabriklayman
photo: PFL

Sonyc X bosh murabbiyi O'zbekiston kubogi doirasidagi Gulistonga qarshi bahsdan keyin fikr bildirdi.

"Gulistonga katta futbol qaytgani bilan tabriklayman. Ular o‘z oldiga yuqori maqsad qo‘yilgani ko‘rinib turibdi. Yigitlarga e'tiroz bildirmayman. Kurash olib bordik, raqib 10 kishi bo‘lib qolganida vaziyatlar ham yaratdik.

Uchrashuvdan avval mayda xatolar golga olib kelishi mumkinligini ta'kidlagan edim. Afsuski, ikkita qo‘pol xato golga olib keldi va yengildik. Biz haftada ikki bor shug‘ullanamiz va kuniga 2 mahal mashg‘ulot o‘tkazuvchi jamoaga jismoniy jihatdan ortda qolishimiz tabiiy. Bahs so‘ngida bir kishi ko‘p harakat qilgan bo‘lsak-da bu narsa o‘yinda unchalik ham sezilmagani bunga misol. Qolaversa, bugun maydonga tushgan 4-5 nafar futbolchini 1 hafta oldin jamoaga jalb etdik va istaymizmi yo‘qmi ular u qadar kirishib ketolgani yo‘q. Natija ijobiy bo‘lmagan bo‘lsa ham yigitlarga minnatdorchilik bildiraman. Ular bugun borini berib o‘ynadi",-dedi mutaxassis.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting