«Bavariya»ning sobiq himoyachisi 83 yoshida vafot etdi
Myunxenning «Bavariya» klubi sobiq himoyachisi Peter Kupfershmidt olamdan o‘tdi. Klub matbuot xizmati xabar berishicha, sobiq futbolchi 83 yoshida uyida, oila a’zolari bilan birga, tinch holda vafot etdi.
«Biz bu yangilikdan chuqur qayg‘udamiz. Peter Kupfershmidt «Bavariya» avlodining ajralmas shaxslaridan biri bo‘lib, bugungi kunimizdagi barcha yutuqlarimizning poydevori bo‘lgan. 1965 yilda yuqori ligaga chiqish butun jamoaning asosini yaratdi. Men o‘zim shu hafta dushanba kuni bo‘lib o‘tgan jamoamizning Rojdestvo kechasi tadbirida u bilan suhbatlashdim; biz doimo uning xotirasini saqlaymiz.
Peter Kupfershmidt klubimiz tarixining muhim qismidir. Uning ismini eshitgan har bir kishi «Bavariya» bugungi kabi kuchli klubga aylanganini eslaydi. Bizning fikrimiz uning oila a’zolari, do‘stlari va yaqinlari bilan birga”, — dedi «Bavariya» prezidenti Gerbert Hayner klubning rasmiy saytiga.