locale OZ

«Bavariya»ning avgust oyidagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

U Luis Dias va Harri Keynni ortda qoldirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Bavariya»ning avgust oyidagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
ФОТО: Getty images

“Bavariya” klubi muxlislari ovoz berishi natijasida Maykl Olise avgust oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Joriy mavsumning dastlabki to'rt rasmiy o'yinida fransiyalik vinger to'rtta gol muallifi bo'ldi.

U “Leyptsig”ga qarshi bahsda dubl qayd etdi, Germaniya Kubogida “Vexen” (Visbaden) darvozasini ishg'ol qildi hamda “Augsburg”ga qarshi safar o'yinidagi g'alabaga ham o'z hissasini qo'shdi.

Muxlislar ovozi natijasida u 41,2% ko'rsatkich bilan birinchi o'rinni egalladi. Uning ortidan Luis Dias (18,5%) va Harri Keyn (15,9%) qayd etildi.

Shu tariqa, Maykl Olise yangi BundesLiga mavsumida oy futbolchisi mukofotiga sazovor bo'lgan ilk futbolchiga aylandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting