locale OZ

«Bavariya»da Keynning kelajagi bo'yicha bayonot berildi

Amaldagi shartnoma 32 yoshli Keynni "Bavariya" bilan 2027-yilning o'rtalariga qadar bog'lab turadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Bavariya»da Keynning kelajagi bo'yicha bayonot berildi
ФОТО: Getty images

"Bavariya" kuzatuv kengashi a'zosi Karl-Hayns Rummenigge hujumchi Harri Keynning kelajagi haqida fikr bildirdi.

Amaldagi shartnoma 32 yoshli Keynni "Bavariya" bilan 2027-yilning o'rtalariga qadar bog'lab turadi.

"Keynning shartnomasida tovon puli haqidagi band borligi ma'lum. U buni faollashtirmadi va shu orqali Myunxenda aniq qolishini bildirdi. Endi sport bloki rahbariyati mavsum yakunlanganidan so'ng u bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralar olib boradi", - dedi Rummenigge T-Online nashriga.

Vensan Kompani boshchiligidagi "Bavariya" hozirda Chempionlar ligasi doirasida "PSJ"ga qarshi safar o'yiniga tayyorgarlik ko'rmoqda. Jamoalar 28-aprel, seshanba kuni o'ynaydi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting