«Bavariya» Yevropa futbolida bir asrlik rekord oʻrnatdi
Myunxenning «Bavariya» klubi Bundesliganing 9-turida «Borussiya Myunxengladbax» ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozonib, jamoa tarixida yangi sahifa ochdi.
Bu «Bavariya» uchun mavsum boshidan buyon barcha turnirlarda ketma-ket 13-g‘alaba boʻldi. Ushbu natija Yevropaning TOP-5 ligalari klublari orasida yangi rekord sifatida qayd etildi. Bu haqda Bayern & Germany nashri xabar bermoqda.
Manbaga koʻra, bundan avval shunday startni 1992/1993 yilgi mavsumda «Milan» koʻrsatgan edi, biroq «Bavariua» toʻplar nisbati boʻyicha italiyaliklarni ortda qoldirdi — 47:9/45:13.
Maʼlumot uchun, «Bavariya» oʻzining navbatdagi oʻyinini 29 oktyabr kuni «Kyoln»ga qarshi oʻtkazadi. Myunxenliklar Bundesliganing 8-turidan soʻng maksimal 24 ochko jamgʻargan holda turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.