locale OZ

«Bavariya» Yamalni sotib olmoqchi bo'lgan

Bild nashri bu haqda xabar berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Bavariya» Yamalni sotib olmoqchi bo'lgan
ФОТО: Getty images

"Bavariya" bir necha yil avval "Barselona" vingeri Lamin Yamalni o'z safiqa qo'shib olmoqchi bo'lgan. Bu haqda Bild nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, 2022 yilda "Bavariya" vakillari hatto Yamalning sobiq agenti Ivan de la Penya bilan Madridda maxfiy uchrashuvlar o'tkazgan.

Myunxenliklarning rejasi quyidagicha edi: futbolchining oilasini Germaniyaga olib kelish, Laminning 16 yoshga to'lishini kutish va taxminan 5 million yevro miqdoridagi tovon puli bilan ta'minlash.

Biroq, kelishuv oxirgi bosqichda, yulduzli agent Jorge Mendesh ishga aralashganida barbod bo'ldi. U Yamalning yangi agentiga aylandi va "Bavariya"ni futbolchini sotib olish umididan mahrum qilgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting