«Bavariya» Vlaxovichni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
25 yoshli futbolchining "keksa sinora" bilan amaldagi kelishuvi yaqin yozda o‘z nihoyasiga yetadi.
ФОТО: Getty images
“Yuventus” hujumchisi Dushan Vlaxovich faoliyatini “Bavariya”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Bild xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, myunxenliklar klubi vakillari ushbu transfer bo‘yicha dastlabki muzokaralarni o‘tkazib bo‘lishgan.
25 yoshli futbolchining "keksa sinora" bilan amaldagi kelishuvi yaqin yozda o‘z nihoyasiga yetadi.
Shuningdek, unga “Atletiko” klubi ham qiziqish bildirayotgani xabar qilingan edi.
Joriy mavsumda Vlaxovich barcha turnirlarda 8 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist