locale OZ

«Bavariya» Upamekanoga yangi shartnoma boʻyicha soʻnggi taklifni berdi

Endi futbolchi qolish yoki ketishdan birini tanlashi kerak.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Bavariya» Upamekanoga yangi shartnoma boʻyicha soʻnggi taklifni berdi
FOTO: Getty Images

«Bavariya» klubi himoyachi Dayot Upamekano bilan yangi shartnoma bo‘yicha yakuniy taklifini berdi va uni yaxshilash niyatida emas. Bu haqda jurnalist Florian Plattenberg X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, klub futbolchiga oxirgi taklifni taqdim etgan — Upamekano uni qabul qilishi yoki rad etishi kerak. Myunxen klubi aniq muddat belgilamagan, biroq o‘z rejalari ustida ishlashni davom ettirish uchun tezroq javob olishga umid qilmoqda.

«Bavariya» himoyachiga yiliga 20 mln yevro maosh taklif qilmoqda. Shuningdek, shartnomaga futbolchini sotib olish bandi kiritilgan bo‘lib, u yangi kelishuvning ikkinchi mavsumidan boshlab kuchga kiradi.

Upamekano «Bavariya»ga 2021 yil yozida «RB Leypsig»dan kelib qo‘shilgan. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 24 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol va bitta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 60 mln yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting