«Bavariya» Upamekanoga oʻrinbosar topdi
Germaniyalik himoyachisi myunxenliklar safini tark etishga yaqin turibdi.
FOTO: Getty Images
Myunxenning «Bavariya» klubi «Liverpul» markaziy himoyachisi Ibrahima Konatega qiziqish bildirmoqda va allaqachon u bilan bogʻlan Bu haqda BILD nashriga tayanib Bayern & Germany nashri xabar bermoqda.
Manbaga koʻra, «Bavariya» 26 yoshli fransiyalik futbolchini Deyo Upamekano klubni tark etgan taqdirda uning oʻrnini bosuvchi nomzod sifatida koʻrib chiqmoqda.
Shuningdek, Konatening vakillari hozirda Madridning «Real» klubi hamda «PSJ» bilan ham muzokaralar olib bormoqda.
Maʼlumot uchun, Konate joriy mavsum barcha turnirlarda 15 ta oʻyinda maydonga tushib, 1 ta golga mualliflik qildi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 55 million yevroga baholanmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist