«Bavariya» Upamekano bilan yakuniy muzokarani o'tkazadi
Upamekanoning amaldagi shartnomasi 2026 yil yozigacha amal qiladi.
ФОТО: Getty images
“Bavariya” klubi himoyachi Dayot Upamekano bilan yakuniy muzokarani o'tkazishni rejalashtirmoqda.
Bild xabariga ko'ra, fransiyalik futbolchi jamoada qolishni istaydi, biroq maosh va bonuslar borasida tomonlar hali kelishuvga erishmagan.
Upamekanoning amaldagi shartnomasi 2026 yil yozigacha amal qiladi. Yangi kelishuvga ko'ra, futbolchi yiliga 15 million yevro atrofida maosh va yuqori bonuslar so'ramoqda. Hozirda uning maoshi taxminan 10 million yevroni tashkil qiladi.
Agar tomonlar kelishuvga erisha olmasa, Upamekano 2025 yil yanvaridan xorijiy klublar bilan oldindan shartnoma tuzish huquqiga ega bo'ladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist