«Bavariya» Upamekano bilan shartnomani uzaytirmoqchi
Biroq tomonlar o‘rtasidagi muzokaralarda sezilarli siljish yo‘q.
ФОТО: Getty images
“Bavariya” klubi fransuz himoyachisi Dayo Upamekano bilan shartnomani uzaytirish niyatida. Bu haqda Football Insider xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, myunxenliklar futbolchini jamoa safida saqlab qolishni istamoqda.
Biroq tomonlar o‘rtasidagi muzokaralarda sezilarli siljish yo‘q.
Bundan “Real” foydalanib qolmoqchi. Madrid klubi Dayo bilan himoyadagi muammolarini hal qilishni rejalashtirmoqda.
Ma’lumot uchun, 26 yoshli futbolchi joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida 9 ta o‘yinda ishtirok etgan. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 60 million yevro deb baholamoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist