locale OZ

«Bavariya» Upamekano bilan prinsipial kelishuvga erishdi

Tomonlar oʻrtasida tuzilgan amaldagi kelishuv 2026 yilning yozida yakuniga yetadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Bavariya» Upamekano bilan prinsipial kelishuvga erishdi
FOTO: Getty Images

Myunxenning «Bavariya» klubi jamoa himoyachisi Dayo Upamekano bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha prinsipial kelishuvga erishdi. Bu haqda Bild nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, klub va futbolchi asosiy maosh, bonuslar hamda shartnoma imzolash uchun gonorar borasida kelishib olgan. Hozircha bahsli masala — futbolchini sotib olish bandi bo‘lib qolmoqda.

«Bavariya»da Upamekano faqatgina shunday band mavjud bo‘lsa, shartnomani uzaytirishga tayyor ekani ma’lum. Klub ushbu band 2028 yildan kuchga kirishini istamoqda, futbolchi vakillari esa uning avvalroq amal qilishini talab qilmoqda.

Shunga qaramay, shartnomaning uzaytirilishi eng ehtimoliy variant bo‘lib qolmoqda. Hozirgi kelishuv 2026 yil iyunida yakunlanadi.

Upamekano «Bavariya»ga 2021 yil yozida «RB Leyptsig»dan ko‘chib o‘tgan. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol muallifi bo‘ldi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 60 mln yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting