locale OZ

“Bavariya” Uisdom Maykni “Bryugge”ga sotdi

U asosan vinger pozitsiyasida harakat qiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Bavariya” Uisdom Maykni “Bryugge”ga sotdi
Foto: Getty Images

“Bavariya”ning 17 yoshli yarim himoyachisi Uisdom Mayk faoliyatini Belgiyaning “Bryugge” klubida davom ettiradi. Transfer Myunxen klubi tomonidan rasman e’lon qilindi.

Mayk “Bavariya” tizimiga 2022-yil yozida Myonxengladbaxning “Borussiya” akademiyasidan kelib qo‘shilgan. U asosan vinger pozitsiyasida harakat qiladi.

2025/26-mavsumda yosh futbolchi “Bavariya” safida Bundesligada 4 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Shuningdek, u UEFA Chempionlar Ligasida ham bitta o‘yinda ishtirok etgan.

Ma’lumot uchun, Transfermarkt Uisdom Maykning bozor qiymatini 5 million yevroga baholamoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting