locale OZ

«Bavariya» UEFA reytingida birinchi o‘rinni egalladi

Myunxenliklar soʻnggi besh mavsumning har birida YChLda chorak finalga qadar yetib borgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Bavariya» UEFA reytingida birinchi o‘rinni egalladi
FOTO: Getty Images

Myunxenning «Bavariya» klubi 2026/2027 yilgi mavsum oldidan UEFA reytingida birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rindan Madridning «Real» klubi joy olgan bo‘lsa, kuchli uchlikni Fransiyaning «PSJ» jamoasi yakunlab berdi.

Reyting klublarning 2021/2022 yilgi mavsumdan boshlab Yevropa kuboklaridagi ko‘rsatgan natijalariga asoslangan. Oxirgi besh mavsumning har birida «Bavariya» Chempionlar Ligasining chorak finaliga qadar yetib borgan, shuningdek, ikki bor yarimfinalda o‘ynagan. Aynan shu barqarorlik unga birinchi o‘rinni ta’minladi.

2025/2026 yilgi mavsumda umumiy hisobda eng ko‘p ochko jamg‘argan Londonning «Arsenal» klubi reytingda yettinchi o‘rinni egalladi. Eng katta sakrashni esa «Aston Villa» amalga oshirdi — birmingemliklar 29 pog‘onaga yuqorilab, 17-o‘ringa joylashishdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting