«Bavariya» Stounzni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Jon 2016 yil yozidan beri “Manchester Siti” sharafini himoya qilib kelmoqda.
ФОТО: Getty images
“Bavariya” klubi “Manchester Siti” himoyachisi Jon Stounsni o‘z safiga qo‘shib olish variantini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, agar myunxenliklar futbolchiga jiddiy qiziqish bildirsa, 31 yoshli himoyachini erkin agent sifatida transfer qilish imkoniyati yuqori baholanmoqda.
Qayd etilishicha, Jon Stouns 2016 yil yozidan beri “Manchester Siti” sharafini himoya qilib kelmoqda.
Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 17 ta o‘yinda ishtirok etgan, biroq hali gol yoki golli uzatma qayd etmagan. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 15 million yevroni tashkil etadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist