locale OZ

«Bavariya» sport direktori Upamekano bilan bogʻliq vaziyatga oydinlik kiritdi

Mutaxassisga koʻra, tomonlar oʻrtasida muzokaralar davom etmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Bavariya» sport direktori Upamekano bilan bogʻliq vaziyatga oydinlik kiritdi
FOTO: Getty Images

«Bavariya» sport direktori Kristof Froind jamoa himoyachisi Deyo Upamekano bilan shartnomani uzaytirish boʻyicha davom etayotgan muzokaralar haqida fikr bildirdi.

«Sir emas, asosiy maqsadimiz — Upamekano bilan shartnomani uzaytirish. Uning xizmatlariga koʻplab klublar qiziqayotganiga ajablanmasa ham boʻladi, chunki u dunyoning eng yaxshi markaziy himoyachilaridan biri.

Biz uning «Bavariya» uzoq yillar qolishini istaymiz. U bu yerda oʻzini uyidagidek his qiladi. Hozircha yangilik yoʻq, muzokaralar davom etmoqda», — dedi Froind.

Maʼlumot uchun, Upamekano joriy mavsum barcha turnirlarda 14 ta oʻyinda maydonga tushdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 60 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting