locale OZ

«Bavariya» soʻnggi 6 mavsum ichida ikkinchi bor Chempionlar Ligasi yarimfinaliga chiqdi

Myunxenliklar soʻnggi bor 2019/2020 yilgi mavsumda 1/2 finalda ishtirok etgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Bavariya» soʻnggi 6 mavsum ichida ikkinchi bor Chempionlar Ligasi yarimfinaliga chiqdi
FOTO: Getty Images

«Bavariya» o‘z maydonida UEFA Chempionlar Ligasining chorak final javob uchrashuvida Madridning «Real» klubini 4:3 hisobida mag‘lub etdi. Shu tariqa, myunxenliklar musobaqaning yarimfinal bosqichiga yo‘llanmani kafolatladilar. «Qirollik klubi»ga qarshi kechgan ikki o‘yin natijasiga ko‘ra umumiy hisob 6:4 ko‘rinishini oldi.

Qayd etilishicha, «Bavariya» so‘nggi olti mavsum ichida ikkinchi bor nufuzli yevrokubokning yarimfinaliga qadar yetib keldi. Bundan avval Germaniya grandi 2023/2024 yilgi mavsumda 1/2 finalda ishtirok etgan edi. O‘shanda «Bavariya» ikki o‘yin natijasiga ko‘ra aynan Madridning «Real» jamoasiga imkoniyatni boy bergan (2:2, 1:2).

Ta’kidlash joizki, 2019/2020 yilgi mavsum myunxenliklar Chempionlar Ligasi finaliga chiqqan so‘nggi yil bo‘lib turibdi. O‘shanda klub ushbu turnirdagi o‘zining oltinchi titulini qo‘lga kiritgan edi.

Final yo‘llanmasi uchun myunxenliklar endi «PSJ» klubi bilan kuch sinashadilar.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting