locale OZ

«Bavariya» Shlotterbekni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Uning "Borussiya" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Bavariya» Shlotterbekni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
ФОТО: Getty images

“Borussiya D” markaziy himoyachisi Niko Shlotterbek faoliyatini “Bavariya”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Kristian Falk xabar berdi.

Biroq "Bavariya" hozircha rasmiy taklif bilan chiqishga shoshilmayapti, chunki klub o‘z himoyachisi Dayo Upamekano bilan bog‘liq vaziyatga aniqlik kiritishni kutmoqda.

Agar fransiyalik himoyachi yangi shartnomaga rozi bo‘lsa, Shlotterbekning transferi amalga oshmaydi.

Niko joriy mavsum "qora-sariqlar" safida 16 o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning "Borussiya" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting