locale OZ

\"Bavariya\" Sheshkoni sotib olmoqchi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Bavariya" Sheshkoni sotib olmoqchi
Photo: Getty Images

"RB Leyptsig" hujumchisi Benjamin Sheshko faoliyatini “Bavariya”da davom ettirishi mumkin, deb xabar bermoqda Bild nashri.

Manbaga ko‘ra, Myunxen klubi 22 yoshli sloveniya hujumchisini Garri Keynning potensial vorisi sifatida ko‘rmoqda.

“Bavariya” o‘tgan yozda Benjaminni sotib olishga harakat qilgan, biroq tomonlar kelisha olmagan.

"RB Leyptsig" hujumchi transferidan kamida 100 million yevro ishlab olishga harakat qilmoqda. Futbolchiga “Arsenal” klubi ham jiddiy qiziqish bildirgan.

O‘tgan mavsumda Sheshko barcha turnirlarda 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 21 ta gol urgan va 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting