locale OZ

«Bavariya» «Real Madrid»ning XXI asrdagi afsonaviy rekordini yangiladi

Myunxenliklar joriy mavsum daxshatli koʻrsatkich qayt etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Bavariya» «Real Madrid»ning XXI asrdagi afsonaviy rekordini yangiladi
FOTO: Getty Images
Bundesliga Germaniya
16.05.2026, Yak.
Bavariya
5
Kyoln
1

Germaniya Bundesligasining yakuniy, 34-turida Myunxenning «Bavariya» klubi «Kyoln» ustidan yirik – 5:1 hisobida gʻalaba qozondi. Ushbu uchrashuvdagi gollar myunxenliklar uchun shunchaki navbatdagi gʻalabani emas, balki Yevropa futboli tarixidagi yangi rekordni taʼminladi.

Squawka tahliliy sahifasining xabar berishicha, «Bavariya» joriy mavsumda Germaniya chempionatidagi gollari sonini 122 taga yetkazdi. Bu bilan jamoa XXI asrda Yevropaning kuchli beshlik (top) ligalarida bir mavsumda eng koʻp gol urish borasida Madridning «Real» klubiga tegishli boʻlgan rekordni yangiladi.

Avvalgi rekord 2011/2012 yilgi mavsumda qayd etilgan boʻlib, oʻshanda Joze Mourinyu qoʻl ostidagi «qirollik klubi» Ispaniya La Ligasida 121 ta gol urishga muvaffaq boʻlgandi.

34 tur yakunlariga koʻra, «Bavariya» 89 ochko jamgʻargan holda eng yaqin taʼqibchilaridan katta farq bilan chempionlikni qoʻlga kiritdi. Turnir jadvalining kuchli uchligi quyidagicha koʻrinish oldi:

  1. «Bavariya» — 89 ochko
  2. «Borussiya Dortmund» — 73 ochko
  3. «RB Leypsig» — 65 ochko
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting