locale OZ

«Bavariya» «PSV» yarimhimoyachisiga qiziqish bildirmoqda

Shuningdek, unga «PSJ» va «Galatasaroy» ham qiziqish bildirmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Bavariya» «PSV» yarimhimoyachisiga qiziqish bildirmoqda
FOTO: Getty Images

Myunxenning «Bavariya» klubi Eyndhovenning «PSV» yarimhimoyachisi Ismael Saybari transferi boʻyicha muzokaralarni boshladi. Jurnalist va insayder Florian Plettenbergning ijtimoiy tarmoqda xabar berishicha, klub futbolchi va uning vakillariga taklif yuborgan, hozirda potensial kelishuv tafsilotlari muhokama qilinmoqda.

Bundesliga chempionlari yarimhimoyachi Entoni Gordonni sotib olish boʻyicha muvaffaqiyatsiz urinishdan soʻng, transfer bozorida muqobil variantlarni koʻrib chiqishga majbur boʻlishdi va eʼtiborlarini Saybariga qaratishdi. Saybarining «PSV» bilan shartnomasi 2029 yilgacha moʻljallangan boʻlib, u muzokaralar yanada ilgarilashi uchun Niderlandiya klubi transfer narxini rasman belgilashini kutmoqda.

Hujumkor yarim himoyachiga boʻlgan qiziqish butun Yevropa boʻylab ortib bormoqda. Manbaning maʼlum qilishicha, Saybarining vaziyatini «Galatasaroy» va «Pari Sen-Jermen» kabi klublar ham kuzatib bormoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting