«Bavariya» PSJ vingerini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Uning klub bilan shartnomasi 2028 yil yozigacha amal qiladi.
ФОТО: Getty images
PSJ klubi vingeri Bredli Barkola faoliyatini Germaniyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda Sky Sports nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, fransiyalik futbolchiga “Bavariya” jiddiy qiziqish bildirmoqda. Myunxen klubi ushbu transferni joriy yozda amalga oshirish imkoniyatini ko‘rib chiqyapti.
Shuningdek, unga “Arsenal” jamoasi ham Barkolaga qiziqmoqda.
Joriy mavsumda Barkola PSJ safida 45 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2028 yil yozigacha amal qiladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist