locale OZ

“Bavariya” prezidenti Harri Keynning kelajagi haqida bayonot berdi

Klub rahbari angliyalik hujumchining Myunxendagi faoliyatini davom ettirishiga ishonch bildirmoqda.
“Bavariya” prezidenti Harri Keynning kelajagi haqida bayonot berdi
Foto: Getty Images

Myunxenning “Bavariya” klubi prezidenti Herbert Hayner jamoa hujumchisi Harri Keyn bilan yangi shartnoma imzolash bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatli davom etayotganini ma’lum qildi. Bu haqda Bild nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, klub rahbari angliyalik hujumchining Myunxendagi faoliyatini davom ettirishiga ishonch bildirmoqda. Tomonlar yangi kelishuv shartlarini muhokama qilmoqda va muzokaralarda jiddiy kelishmovchiliklar mavjud emas.

“Keyn bilan yangi shartnoma imzolash masalasiga optimistik qarayapman. Muzokaralar yaxshi davom etmoqda. Harri va uning oilasi Myunxenda o‘zini juda qulay his qilmoqda. O‘ylaymanki, yaqin orada kelishuv imzolanadi”, — dedi Hayner.

Ma’lumot uchun, 33 yoshli Keyn 2023-yil yozida “Tottenxem”dan “Bavariya”ga o‘tgan. Uning myunxenliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027-yilning iyun oyigacha mo‘ljallangan. Futbolchining transfer qiymati 60 million yevroga baholanmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting