locale OZ

«Bavariya» Parrottni nishonga oldi

Transfermarkt portali forvardning narxini 16 mln yevroga baholamoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Bavariya» Parrottni nishonga oldi
ФОТО: Getty images

AZ Alkmaar klubining irlandiyalik forvardi Troy Parrott "Bavariya"ning qiziqish doirasiga tushib qoldi, deya xabar beradi Transfer News Live nashri.

Manbaga ko'ra, Myunxen klubi uning so'nggi saralash bahslaridagi ikki o'yinidan hayratga tushgan.

Parrottning AZ bilan mehnat shartnomasi 2029 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali forvardning narxini 16 mln yevroga baholamoqda. Futbolchi Irlandiya terma jamoasiga JCH-2026 yo'llanmasini qo'lga kiritishda yordam berdi.

Umuman olganda, Troy Parrott AZ Alkmaar safida 61 ta o'yin o'tkazib, 33 ta gol urgan va 7 assistni o'z hisobiga yozib qo'ygan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting