locale OZ

“Bavariya” o'z tarkibini “Liverpul” vingeri bilan kuchaytirmoqchi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Bavariya” o'z tarkibini “Liverpul” vingeri bilan kuchaytirmoqchi
FOTO: Getty Images

Myunxenning “Bavariya” klubi “Liverpul” vingeri Kodi Gakpoga qiziqish bildirmoqda va uni yozgi transferlar vaqtida o'z safiga qo'shib olmoqchi. Bu haqda jurnalist Florian Plottenberg xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, gollandiyalik futbolchi “Bavariya”ning chap qanot hujumchisi bo'lish uchun nomzodlar ro'yxatidan joy olgan.

“Bavariya”, shuningdek, “Brayton”dan Kaoru Mitomo va “Milan”dan Rafael Leauga ham qiziqish bildirmoqda, biroq Gakpoga qiziqish hali hanuz saqlanib qolmoqda va tomonlar o'rtasida aloqalar mavjud.

Qayd etilishicha, Gakpoga munosib taklif tushsa, “Liverpul”ni tark etishi mumkin. 26 yoshli futbolchining mersisaydliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2028-yilning yoziga qadar amal qiladi.

Ma'lumot uchun, Gakpo o'tgan mavsum Premyer-ligada 35 ta o'yin o'tkazib, 10 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 70 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting