locale OZ

«Bavariya» oʻz safini 23 yoshli hujumchi bilan kuchaytirmoqchi

Ushbu transfer taxminan 30 million yevroga baholanishi mumkin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Bavariya» oʻz safini 23 yoshli hujumchi bilan kuchaytirmoqchi
FOTO: Getty Images

Myunxenning «Bavariya» klubi «Hoffenhaym» safida to‘p surayotgan 23 yoshli hujumchi Fisnik Aslani bilan qiziqmoqda. Bu haqda ESPN nashri jurnalist Kristian Falkga tayanib xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, «Hoffenhaym» futbolchini sotish orqali taxminan 30 million yevro ishlab olishi mumkin.

Ta’kidlanishicha, Aslani Bundesligaga moslashgan, iqtidorli hujumchi sifatida baholanmoqda.

Joriy mavsumda hujumchi barcha musobaqalar doirasida 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, yettita gol va uchta golli uzatma muallifiga aylangan. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 30 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting