“Bavariya” Olisening kelajagi borasida shubhalanmoqda
“Bavariya” klubi hujumchisi Maykl Olise kelajagi borasida muhim qaror qabul qilishi mumkin.
AS xabariga ko‘ra, futbolchi o‘ziga bir nechta klub qiziqish bildirayotganidan xabardor. Shu sababli u JCh-2026 yakunlanganidan so‘ng “Bavariya” rahbariyati bilan uchrashib, kelajagini muhokama qilmoqchi.
Manbaga ko‘ra, Myunxen klubi Olisening bu niyatidan xabardor, biroq futbolchi so‘nggi haftalarda tilga olinayotgan variantlarga qiziqib qolgan bo‘lishi mumkinligidan xavotirda.
“Bavariya” rahbariyati futbolchidan klubga sodiqligini ko‘rsatadigan aniq ishora kutgani, ammo hozircha bunday qadam tashlanmagani ta’kidlanmoqda. Bu esa klub ichida jiddiy shubhalarni kuchaytirgan.
Avvalroq Madridning “Real” klubi Olise bilan hech qanday bevosita yoki bilvosita aloqa bo‘lmaganini rasman bildirgandi.
Ma’lumot uchun, Maykl Olise 2025/26-yilgi mavsum yakunida “Bavariya”ning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.