«Bavariya» Oliseni sotmoqchi emas, «Real» esa 150 million yevrolik taklif tayyorlamoqda
Myunxen klubi fransiyalik futbolchi borasida qaror qabul qildi.
FOTO: Getty Images
«Bavariya» rahbarlari Uli Xyoness, Karl-Xayns Rummenigge, Gerbert Xayner, Yan-Kristian Drizen, shuningdek, sport direktorlari Maks Eberl va Kristof Froind qanot hujumchisi Maykl Olise sotilmasligi borasida bir qarorga kelishdi. Bu haqda Bild nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Germaniya grandi rahbariyati fransiyalik vingeri klubda olib qolish niyatida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Madridning «Real» klubi prezidenti Florentino Peres kelayotgan seshanba kuni nomi oshkor etilmagan futbolchining transferi uchun 150 million yevro miqdorida taklif kiritishini ma’lum qilgandi.
Keyinchalik AS nashri «Real» rahbari bu o‘yinchi Olise emasligini ta’kidlaganiga qaramay, gap aynan Maykl haqida ketayotgani to‘g‘risida xabar tarqatdi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist