locale OZ

«Bavariya» Oliseni «Real»ga 200 mln yevroga sotishi mumkin

Fransiyalik futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Bavariya» Oliseni «Real»ga 200 mln yevroga sotishi mumkin
Фото: Getty Images

Myunxenning «Bavariya» klubi yarimhimoyachi Maykl Oliseni Madridning «Real» klubiga sotishi mumkin. Bu haqda El Nacional xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, nemis klubi 24 yoshli vinger bilan xayrlashishni istamayapti. Biroq «Real» tomonidan 200 mln yevro miqdorida taklif kelib tushsa, «Bavariya» futbolchini sotish variantini ko‘rib chiqishi mumkin.

Qayd etilishicha, «Bavariya» Olise bilan shartnomani 2032 yilgacha uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erisha olmasa, uning transferiga rozilik berishi ehtimoli bor. Fransiyalik futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Olise ushbu mavsum Bundesligada to‘rtta bahsda maydonga tushib, to‘rtta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ma’lumot uchun, Olise 2024 yil yozida «Kristal Pelas»dan «Bavariya» safiga ko‘chib o‘tgandi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting