locale OZ

«Bavariya» Olise uchun narx belgiladi

Uning "Bavariya" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yarmigacha mo‘ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Bavariya» Olise uchun narx belgiladi
ФОТО: Getty images

“Bavariya” vingeri Maykl Olise Yevropaning top klublari radariga tushib qoldi.

Jurnalist Ekrem Konurning yozishicha, "Liverpul" Oliseni sotib olish orqali Muhammad Salohning uzoq muddatli o‘rinbosarini ko‘rmoqda.

Bundan tashqari, fransiyalik futbolchini "Manchester Siti", "Chelsi" va "PSJ" klublari ham diqqat bilan kuzatib bormoqda. Biroq, "Bavariya" Olise bo‘yicha 100-120 million yevrodan past takliflarni ko‘rib chiqmaydi.

Joriy mavsumda 23 yoshli Olise barcha musobaqalarni qo‘shib hisoblaganda 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 7 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Uning "Bavariya" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yarmigacha mo‘ljallangan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting