«Bavariya» Olise uchun 200 million yevrolik taklifni ham ko‘rib chiqmoqchi emas
Avvalroq Florentino Peres futbolchi uchun 150 million yevro taklif qilishi mumkinligi xabar qilingandi.
Futbol
Nasrullo Karimov
Jurnalist
FOTO: Getty Images
«Bavariya» qanot hujumchisi Maykl Olise borasidagi transfer takliflarini, xoh u 150 million, xoh 200 million yevro bo‘lsin, ko‘rib chiqishni istamaydi. Myunxen klubi Madridning «Real» jamoasi tomonidan bo‘layotgan qiziqishga qaramay, fransiyalik futbolchini o‘z safida saqlab qolmoqchi. Bu haqda Bayern & Germany xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «qirollik klubi» prezidenti Florentino Peres kelayotgan seshanba kuni nomi oshkor etilmagan futbolchining transferi uchun 150 million yevro miqdorida taklif kiritishini ma’lum qilgandi.
Keyinchalik AS nashri «Real» rahbari bu o‘yinchi Olise emasligini ta’kidlaganiga qaramay, gap aynan Maykl haqida ketayotgani to‘g‘risida xabar tarqatdi.