locale OZ

«Bavariya» Olise bilan shartnomani uzaytirib, uning maoshini ikki baravarga oshirmoqchi

Tomonlar oʻrtasida tuzilgan amaldagi kelishuv 2029-yilga qadar moʻljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Bavariya» Olise bilan shartnomani uzaytirib, uning maoshini ikki baravarga oshirmoqchi
FOTO: Getty Images

«Bavariya» klubi vinger Maykl Olisening kelajagi borasidagi turli gap-soʻzlarga chek qoʻymoqchi. Shu sababli, myunxenliklar u bilan amaldagi shartnomani maoshini qariyb ikki baravarga oshirgan holda 2031-yilgacha uzaytirish niyatida. Bu Bayern & Germany xabar bermoqda.

Manbaning maʼlum qilishicha, agar yangi mehnat kelishuvi imzolansa, 24 yoshli vinger klubning eng koʻp maosh oluvchi futbolchilaridan biriga aylanadi. Olisening amaldagi shartnomasi 2029-yilga qadar moʻljallangan.

OAV xabarlariga koʻra, ayni damda fransiyalik futbolchi yiliga 16-17 million yevro maosh olmoqda. Yakunlangan mavsumda hujumchi barcha turnirlarda 52 ta oʻyinda maydonga tushib, 22 ta gol va 31 ta golli uzatmani amalga oshirishga muvaffaq boʻldi.

Transfermarkt portali bergan maʼlumotlarga koʻra, futbolchining bozor qiymati 150 million yevroni tashkil qiladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting