locale OZ

«Bavariya» Noyerni jarohati boʻyicha bayonot berdi

Avvalroq 40 yoshli darvozabon myunxenliklar bilan shartnomani uzaytirgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Bavariya» Noyerni jarohati boʻyicha bayonot berdi
FOTO: Getty Images

Myunxenning «Bavariya» klubi 40 yoshli darvozabon va jamoa sardori Manuel Noyerning mushaklarida muammo borligini maʼlum qildi.

«Manuel Noyer chap boldir mushaklaridagi muammo sababli ayni paytda ehtiyotkorlik rejimiga amal qilishi lozim. Buni «Bavariya» shifokorlari ham tasdiqlashdi. Sardor shanba kuni Bundesliganing «Kyoln»ga qarshi kechgan uy uchrashuvining 60-daqiqasida zaxiraga olingan edi», — deyiladi myunxenliklar bayonotida.

Eʼtiborli jihati, ushbu xabardan biroz avval, yaʼni juma kuni (15 may) «Bavariya» Noyer bilan shartnomani 2027 yilning yoziga qadar uzaytirganini rasman eʼlon qilgan edi.

Maʼlumot uchun, tajribali posbon joriy mavsumda barcha turnirlar doirasida 37 ta oʻyinda maydonga tushib, ularning 11 tasida oʻz darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Transfermarkt portali bergan maʼlumotlarga koʻra, darvozabonning ayni paytdagi bozordagi transfer bahosi 4 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting