locale OZ

«Bavariya» Noyerga yangi shartnoma taklif qildi, ammo hali kelishuvga erishilmadi — manba

40 yoshli posbonning agenti myunxenliklar rahbariyati bilan dastlabki muzokaralarni oʻtkazgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Bavariya» Noyerga yangi shartnoma taklif qildi, ammo hali kelishuvga erishilmadi — manba
FOTO: Getty Images

Myunxenning «Bavariya» klubi darvozaboni Manuel Noyer jamoa bilan amaldagi kelishuvini uzaytirishni rejalashtirmoqda. Jurnalist Florian Plettenbergning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida xabar berishicha, 40 yoshli posbonning agenti myunxenliklar rahbariyati bilan dastlabki muzokaralarni o‘tkazgan.

Manbaga ko‘ra, klub Noyerga 2027 yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnoma taklif qilmoqda. Hozircha tomonlar o‘rtasida yakuniy kelishuvga erishilmagan. Shuningdek, «Bavariya»ning yana bir darvozaboni Yonas Urbig kelasi mavsumda ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi kutilayotgani ta’kidlangan.

Joriy mavsumda Manuel Noyer barcha turnirlarda 35 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning o‘rinbosari Urbig esa 16 ta uchrashuvda o‘z mahoratini namoyish etdi. Jamoaning uchinchi darvozaboni Sven Ulrayx hisobida bitta o‘yin mavjud.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting