locale OZ

«Bavariya» Noyerga o‘rinbosar izlamoqda

Myunxenliklar hozirda to‘rt nafar darvozabon nomzodini ko‘rib chiqmoqda.
«Bavariya» Noyerga o‘rinbosar izlamoqda
Фото: Getty Images

Myunxenning «Bavariya» klubi mavsum yakunida Manuel Noyerning ehtimoliy ketishi munosabati bilan yangi darvozabon izlash ishlarini faol olib bormoqda.

Jurnalist Ekrem Konur xabar berishicha, myunxenliklar hozirda to‘rt nafar darvozabon nomzodini ko‘rib chiqmoqda. Ular — «Atletiko»dan Xuan Musso, «Xoffenxaym»dan Oliver Baumann, «Fulhem»dan Bernd Leno va «Nyukasl»dan Nik Poupe.

40 yoshli Noyer uchun joriy mavsum katta ehtimol bilan faoliyatidagi so‘nggisi bo‘ladi. Darvozabon bu mavsumda barcha musobaqalar doirasida 5 ta uchrashuvda ishtirok etib, 2 ta gol o‘tkazib yuborgan va 3 marta o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

Bundesliganing 4 turidan so‘ng «Bavariya» 10 ochko bilan musobaqa jadvalida 2-o‘rinni egallab turibdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting