«Bavariya» Noyer bilan shartnomani uzaytirmoqchi
Uning klub bilan amaldagi bitimi kelasi yilning yozida yakunlanadi.
ФОТО: Getty images
Manuel Noyer "Bavariya" bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin.
Bild nashri xabar berishicha, Myunxen klubi 39 yoshli germaniyalik darvozabon bilan kelishuvni bir yilga uzaytirmoqchi.
Uning klub bilan amaldagi bitimi kelasi yilning yozida yakunlanadi. Agar Noyerning o'zi xohlasa, shartnomani qishki tanaffus paytida imzolashlari mumkin.
Eslatib o'tamiz, Manuel "Bavariya"ga 2011 yilda "Shalke"dan o'tgan. U Bundesliganing joriy mavsumida 7 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol o'tkazib yuborgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist