locale OZ

«Bavariya» Noyer bilan shartnomani 2027 yilgacha uzaytirmoqchi - manba

Tomonlar oʻrtasidagi muzokaralar dekabr oyida boshlanishi aytilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Bavariya» Noyer bilan shartnomani 2027 yilgacha uzaytirmoqchi - manba
FOTO: Getty Images

Myunxenning «Bavariya» klubi darvozabon Manuel Noyer bilan yangi shartnoma imzolashga qaror qildi. Bu haqda Bild nashri xabar bermoqda.

Yangi kelishuvga ko‘ra, 2014 yilgi jahon chempioni klub safida 2027 yil yozigacha harakat qiladi. Shu vaqtga kelib Noyer 41 yoshga to‘ladi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, nemis darvozaboni bilan muzokaralar dekabr oyida boshlanadi. Klub rahbariyati Noyerning so‘nggi paytlardagi o‘yini va jarohatlarning oldini olish uchun kundalik tartibiga kiritgan o‘zgarishlaridan mamnun.

Ma’lum qilinishicha, Noyer har kuni jamoa fizioterapevti bilan maslahatlashib, asosiy mashg‘ulotlar oldidan va keyin qo‘shimcha mashqlar bajaradi.

Joriy mavsumda Noyer «Bavariya» safida barcha musobaqalarda 13 ta o‘yin o‘tkazib, ularning 6 tasida darvozasini daxlsiz saqlab qolgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting