locale OZ

«Bavariya» Nataniyel Braun transferini rasmiy e'lon qildi

Braun 2024 yil yozidan buyon "Ayntraxt" safida to'p surib kelayotgan edi.
«Bavariya» Nataniyel Braun transferini rasmiy e'lon qildi
ФОТО: Getty images

"Bavariya" klubi o'z rasmiy sayti orqali "Ayntraxt"ning chap qanot himoyachisi Nataniyel Braun bilan shartnoma imzolanganini ma'lum qildi. 23 yoshli futbolchi bilan tuzilgan bitim 2031 yil 30 iyungacha amal qiladi.

Avvalroq jurnalist Fabritsio Romano myunxenliklar Braun transferi uchun 55 million yevro to'lashini xabar qilgan edi.

Nataniyel Braun 2024 yil yozidan buyon "Ayntraxt" safida to'p surib kelayotgan edi. U o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 42 ta uchrashuvda ishtirok etib, 4 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 40 million yevroga baholanmoqda.

Braun Germaniya terma jamoasi safida shu kungacha 8 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting